


Buxoro davlat pedagogika instituti pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori Nigina Qurbonova va institut psixologi Sh. Zuhurova hamkorligida fakultetda tahsil olayotgan 3-bosqich pedagogika yo'nalishi talabalari ishtirokida psixologik trening tashkil etilidi.
Tadbirdan asosiy maqsad psixologik barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy faollikni kuchaytirish hamda sogʻlom hayot tarzini targ'ib etishdan iborat.
Yoshlarni qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, har bir xatti-harakat uchun shaxsiy javobgarlikni his etish ruhida tarbiyalash zarurligini alohida qayd etdi.
Trening nafaqat huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, balki talabalar ongida huquqiy mas’uliyat, vatanparvarlik, bag‘rikenglik va ruhiy barqarorlikni shakllantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Tadbir yoshlar uchun nafaqat nazariy bilim, balki hayotiy tajriba maktabiga aylandi.