

Buxoro davlat pedagogika institutida Kengashning 2025/2026-o‘quv yiliga bag‘ishlangan 8-yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda institut faoliyatining dolzarb yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi.Yig‘ilish davomida kafedralarda xo‘jalik shartnomalari tuzish, innovatsion va korporativ hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda jalb qilingan investitsiyalar tahlil qilindi. Shuningdek, kechki ta’lim shaklida o‘quv jarayonlarini tashkil etish holati, talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va ta’lim sifatining samaradorligi monitoringi yuzasidan tegishli ma’lumotlar taqdim etildi.Kun tartibidan o‘rin olgan yana bir muhim masala Tillar fakultetida ish yuritilishi, ijro intizomi, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish masalalari bo‘ldi.