


Buxoro davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida institut bog‘ida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.
Tashabbus doirasida mehmonlar va talaba-yoshlar birgalikda yangi daraxt ko‘chatlarini ekib, atrof-muhitni obodonlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Ushbu ekologik tadbir tabiatni asrash, yashil hududlarni kengaytirish va kelajak avlod uchun barqaror muhit yaratishga xizmat qiladi.
Toki biz tabiatga mehr va e’tibor bersak, kelajak avlod ham sof havo va yashil muhitdan bahramand bo‘ladi!