
Ayni damda Buxoro davlat pedagogika institutida “She’riyat shaydolari” tanlovi ko‘tarinki kayfiyat va yuqori ruhda davom etmoqda.
Buxoro davlat pedagogika institutida o‘tkazilayotgan “She’riyat shaydolari” tanlovi she’riyatga oshno, ijodga mehr qo‘ygan iqtidorli talabalar ishtirokida ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Mazkur tadbirni institut rektori Bahodir Ma’murov ochib berdi.Tanlov davomida talabalar o‘z iste’dodlarini namoyon etib, badiiy so‘z jozibasi orqali tomoshabinlar qalbidan munosib joy egallamoqda. Ular ijro etayotgan she’rlar esa estetik zavq bag‘ishlash bilan birga milliy qadriyatlar, Vatanga muhabbat va insoniy fazilatlarni yuksak ruhda tarannum etib, tadbirga alohida mazmun baxsh etmoqda.
Tanlov davomida yoshlarning sahnadagi ishonchi, nutq madaniyati va ijodiy yondashuvi hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholanmoqda. Ushbu adabiy bellashuv talabalar o‘rtasida she’riyatga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularning iste’dodini qo‘llab-quvvatlash hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

