shape
shape

Tashrif doirasida Ural federal universiteti vakillari, E.E.Simanyuk boshchiligidagi delegatsiya Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov bilan uchrashdi.

  • Bosh sahifa
  • Tashrif doirasida Ural federal universiteti vakillari, E.E.Simanyuk boshchiligidagi delegatsiya Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov bilan uchrashdi.
Event Image

Tashrif doirasida Ural federal universiteti vakillari, E.E.Simanyuk boshchiligidagi delegatsiya Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov bilan uchrashdi.

Samimiy va konstruktiv ruhda kechgan uchrashuv davomida tomonlar oliy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etish hamda ilmiy-akademik aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.Shuningdek, uchrashuvda pedagogika, psixologiya, jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishida malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro tajribalarni tatbiq etish bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilab olindi.
Akademik E.E. Simanyuk institutda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim sifati va yoshlar uchun berilayotgan imkoniyatlarni yuqori baholab, kelgusida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Mazkur uchrashuv Buxoro davlat pedagogika institutining xalqaro nufuzini yanada oshirish, ta’lim va ilm-fan integratsiyasini rivojlantirish hamda kelgusidagi samarali hamkorlik uchun muhim qadam bo‘ldi.