


Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan, institut profilaktika inspektori N. Sa’dullayeva hamda Buxoro viloyati IIB kiberxavfsizlik xodimi Umarov Xurshid bilan hamkorlikda Ichki ishlar tizimida 2026-yil “Kibergigiyena” yili doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbir axborot texnologiyalari orqali sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish, internet tarmog‘idan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratildi. Tadbir davomida talabalar kiberxavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash, onlayn firibgarliklardan ogoh bo‘lish hamda raqamli makonda ehtiyotkorlik choralariga oid muhim tushunchalar bilan tanishtirildi.
Shuningdek, talabalar o‘zlarining ijodiy chiqishlari orqali kiberxavfsizlik mavzusini yoritib, yoshlar orasida ongli va xavfsiz internet muhitini shakllantirishga munosib hissa qo‘shdilar.