shape
shape

Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun

Event Image

Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun

Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov “Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun” tashabbusi asosida talabalarning muammo va takliflarini joyida o‘rganish maqsadida institut bosh binosidagi talabalar turar joyida boʻlib, yoshlar bilan bir davrada ochiq muloqot oʻtkazdi. Muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, muammolar hamda takliflarini erkin bildirib, o‘z fikrlarini ochiq bayon etdilar. Bildirilgan murojaatlar asosida tegishli masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Mazkur tashabbus talaba-yoshlarning fikrini tinglash, ularning muammolariga yechim topish hamda qulay sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kecha davomida ijodkor talabalar tomonidan tashkil qilingan konsert dasturi barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.