Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

BuxDPI bitiruvchisi Azizbek Saloxiddinov — Para Osiyo o‘yinlari chempioni!

  • Bosh sahifa
  • BuxDPI bitiruvchisi Azizbek Saloxiddinov — Para Osiyo o‘yinlari chempioni!
Event Image

BuxDPI bitiruvchisi Azizbek Saloxiddinov — Para Osiyo o‘yinlari chempioni!

    Bugun Dubay shahrida davom etayotgan V yoshlar o‘rtasidagi Para Osiyo o‘yinlari doirasida para armrestling yo‘nalishida qizg‘in bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, besh karra jahon chempioni, Buxoro davlat pedagogika instituti bitiruvchisi, faxrli buxorolik Azizbek Saloxiddinov yuqori natija ko‘rsatdi.

    👤 Azizbek kuchli raqobatga qaramay, o‘zining mahorati, irodasi va qat’iyati bilan ajralib turib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba nafaqat yurtimiz sporti, balki institutimiz jamoasi uchun ham ulkan faxrdir.

    ✅ Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi Azizbek Saloxiddinovning ushbu yuksak muvaffaqiyatini samimiy olqishlaydi va unga kelgusi faoliyatida ham yanada baland cho‘qqilarni zabt etishini tilaydi!