shape
shape

Yashil makon: Kelajak uchun poydevor

Event Image

Yashil makon: Kelajak uchun poydevor

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Buxoro davlat pedagogika institutida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, Jismoniy madaniyat fakulteti binosi atrofidagi bo‘sh maydonlarni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida institutning barcha ishchi-xodimlari birlashgan holda ko‘chat ekish ishlarida faol ishtirok etdilar. Ushbu tadbir nafaqat hudud ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish, balki atrof-muhitni muhofaza qilish va jamoada ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.