Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida psixologlar ish faoliyatini baholash bo‘yicha tahliliy hisobot tayyorlandi

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika institutida psixologlar ish faoliyatini baholash bo‘yicha tahliliy hisobot tayyorlandi
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutida psixologlar ish faoliyatini baholash bo‘yicha tahliliy hisobot tayyorlandi

            Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari psixologlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning malaka oshirish kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 431-buyrug‘iga muvofiq, Buxoro davlat pedagogika institutida faoliyat yuritayotgan psixologlar ish faoliyatini baholash bo‘yicha tahliliy jarayon amalga oshirildi. Mazkur baholash jarayoni doirasida Sh. Zuxurova va S. To‘xtayevalar tomonidan ishlab chiqilgan baholash mezonlari asosida psixologlar faoliyati atroflicha o‘rganilib, tegishli tahliliy hisobot taqdim etildi. Hisobotda psixologik xizmatning samaradorligi, kasbiy yondashuv, amaliy faoliyat natijalari hamda ularni yanada takomillashtirishga doir taklif va xulosalar o‘z aksini topdi.