


Buxoro davlat pedagogika institutida “Yashil Makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi xayrli tashabbus amalga oshirildi. Mazkur tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar boshchiligida institutning asosiy kirish qismida ko‘chat ekish ishlari olib borildi.
Ushbu aksiya nafaqat oliygoh hududini obodonlashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish, balki talaba-yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu kabi amaliy qadamlar institut jamoasi uchun tabiatga mehr va ekologik mas’uliyatni his etishda muhim namuna bo‘lib, kelajak avlod uchun musaffo muhit yaratish yo‘lidagi strategik maqsadlarni ifodalaydi.