shape
shape

“Milliy qadriyatlar festivali” jarayonidan jonli va rang-barang lahzalar!

  • Bosh sahifa
  • “Milliy qadriyatlar festivali” jarayonidan jonli va rang-barang lahzalar!
Event Image

“Milliy qadriyatlar festivali” jarayonidan jonli va rang-barang lahzalar!

    Ayni damda Buxoro davlat pedagogika institutida yurtimizning ko‘p asrlik tarixiy merosi, boy madaniyati, urf-odat va an’analarini yoshlar orasida keng targ‘ib etish maqsadida “Milliy qadriyatlar festivali” jonli tarzda davom etmoqda.

    Tadbir davomida barcha ishtirokchilar milliy madaniyatimizning turfa qirralarini ko‘rish va his qilish imkoniga ega. Milliy liboslarning rang-barangligi va nafis bezaklari, sahna chiqishlaridagi mahorat, xalq og‘zaki ijodi va qadimiy an’analarni jonlantiruvchi sahna ko‘rinishlari, shuningdek hunarmandchilik ko‘rgazmalaridagi noyob asarlar tomoshabinlarni lol qoldirmoqda.

    Navro‘z bayrami ruhida tayyorlangan milliy taomlar, jumladan sumalak va halim tayyorlash jarayoni, shuningdek xalq o‘yinlari va sayillar festivalga yanada jon bag‘ishlaydi. Talabalar ijodi, bayramona kayfiyat va madaniyatning jonli namoyishi barchaning qalbiga iliqlik va g‘urur ulashmoqda.

    Tadbir yoshlar qalbida milliy g‘urur, iftixor va hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda, ajdodlarimiz merosini qadrlash va kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.