shape
shape

RASULOV MIRZOBEK TOXIROVICH

  • Home
  • Kimyo kafedrasi
team image

RASULOV MIRZOBEK TOXIROVICH

Assistent

Men, Rasulov Mirzobek Toxirovich, 1994-yil 19-oktabrda Buxoro shahrida tug‘ilganman. Millatim o‘zbek. 2001-yilda Buxoro shahridagi 24-sonli umumta’lim maktabiga o‘qishga kirib, ushbu maktabni a’lo baholarga tamomladim. Shundan so‘ng, Buxoro Davlat universiteti huzuridagi 4-son akademik litseyga qabul qilindim va u yerda uch yil davomida tabiiy fanlar yo‘nalishida tahsil oldim. 2015-yilda Buxoro Davlat universitetining Tabiiy fanlar fakulteti, Kimyo yo‘nalishiga o‘qishga kirib, 2019-yilda ushbu yo‘nalish bo‘yicha bakalavr diplomini oldim. Bakalavriatni tamomlagach, 2019–2021-yillar oralig‘ida Buxoro tumanidagi 23-sonli umumta’lim maktabi hamda Buxoro shahridagi 26-sonli umumta’lim maktablarida kimyo fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritdim. O‘qituvchilik faoliyatim davomida kimyo fanidan to‘garaklar tashkil etdim va ushbu to‘garaklar orqali ko‘plab o‘quvchilarim tuman, shahar hamda viloyat bosqichlarida o‘tkazilgan olimpiadalarda sovrinli o‘rinlarni egallashdi. Shuningdek, ularning bir qismi oliy ta’lim muassasalariga davlat granti va shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindi. 2021-yilda Buxoro Davlat universitetining magistratura bosqichiga Kimyo yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilindim va muvaffaqiyatli tamomladim. Magistrlik darajasini olganimdan so‘ng, tanlov asosida Buxoro Davlat pedagogika instituti, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yo‘nalishiga o‘qituvchi lavozimiga qabul qilindim. Hozirda ushbu dargohda ikki yildan buyon mehnat faoliyatini olib bormoqdaman. Ilmiy faoliyatim davomida xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalarda 10 dan ortiq maqolalarim chop etilgan. Shuningdek, xalqaro impakt-faktorli jurnallarda 6 dan ortiq, OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda esa 12 ta maqolam e’lon qilingan. Bundan tashqari, “Anorganik kimyo fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari” nomli o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar hamda “Shofirkon gilmoyasi asosida issiqlikni saqlovchi materiallar tarkibi va texnologiyasi” nomli monografiya muallifiman. Ayni vaqtda o‘z ilmiy va pedagogik faoliyatimni izchil davom ettirmoqdaman.

Phone number:
+998934781607
ORCID:
0009-0000-8340-8658
Google scholar:
Google scholar

Kimyogar

1. Kimyoviy hisoblash 2. Anorganik kimyo 3. Analitik kimyo 4. Kvant kimyo

1. O‘quv ishlari umumiy yillik 625 soat

           Men M.T. Rasulov 2024-2025 o‘quv yili jarayonida quyidagi ishlarni amalga oshirdim. 2024-2025-o‘quv yili I - semestrida belgilangan barcha o‘quv yuklamasi to‘liq bajarildi. 60110800-Kimyo ta’lim yo‘nalishining kunduzgi shakli talabalariga ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tdim.

       Kuzgi semestrda 60110800-Kimyo ta’lim yo‘nalishi II-kurs talabalariga “Anorganik kimyo” fanidan ma’ruza va laboratoriya, II – kurs talabalariga Analitik kimyo fanidan laboratoriya, III – kurs talabalariga “Kimyoviy hisoblash III” fanidan amaliy hamda  1kim23 - guruh talabalariga  “malakaviy amaliyot 4+2” amaliyotga rahbarlik qildim.

 Yuqorida nomlari ko‘rsatilgan dars soatlari to‘liq o‘tilyapti, mashg‘ulotlar guruh jurnallarida qayd etilgan, fanlardan oraliq va yakuniy nazoratlar olinib, elektron qaydnomaga kiritilyapti.

2. O‘quv-uslubiy ishlar:

1.    Kimyo 60110800 bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 2-kurslar uchun “Analitik kimyo”, 2-kurslar uchun “Anorganik kimyo” , 3-kurslar uchun “Kimyoviy hisoblash III”  fanidan, shuningdek 1kim23-guruh uchun “Malakaviy amaliyot 4+2” ning o‘quv – uslubiy majmua  va ishchi dasturlar tayyorlangan.  O‘qitiladigan har bir fan bo‘yicha o‘quv dasturlari ishlab chiqildi hamda tarqatma materiallar, oraliq va yakuniy nazorat savollari tayyorlandi. Barcha fanlar talabalar uchun Hemis ta’lim platformasiga joylashtirildi.

2.   Axborot-resurs markazining resurslar fondini boyitish maqsadida “Anorganik kimyo” fanidan 4 ga, “Kimyoviy hisoblash III” fanidan 6 tadan ziyod “Analitik kimyo” fanidan 4 ga, umumiy o‘rta hisobda  15 ga  yaqin o‘quv adabiyotining elektron PDF nusxasi ARM ga topshirildi va elib.buxdupi.uz saytiga joylashtirildi.

3. 1kim23 guruhida “Kimyoviy hisoblash III” fanidan “Ideal gaz qonunlari” mavzusida ochiq mashg‘ulot o‘tkazildi.

 

3. Ilmiy-tadqiqot ishlari:

1.  “Anorganik kimyo”, “Kimyoviy hisoblash III”  va “Analitik kimyo” fanlaridan ma’ruza mashg‘ulotlari uchun taqdimot tayyorlab, ma’ruza, amaliy  va laboratoriya mashg‘ulotlarida foydalandim.

2. TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYA jurnali 5- son 2024-yil. “Kimyoviy eksperimentlarni tashkil qilish orqali oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning zamonaviy pedagogik imkoniyatlari”

3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TIBBIYOT SOHASIDA TIBBIY KIMYO, BIOKIMYO VA BIOFIZIKADA ISTIQBOLLI TADQIQOTLAR xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tezislar to’plami Buxoro - 2024.

“ИССЛЕДОВАНИЕ СТРОИТЕЛЬНЫХ КОМПОЗИЦИЙ АНАЛИТИЧЕСКИМИ МЕТОДАМИ”

4. Ustoz-shogird ishlari:

1.  “Mo‘jizakor kimyo”  to‘garagi tashkil qilingan bo’lib, unda 15 dan ortiq iqtidorli talabalar hafatning dushanba, chorshanba va payshanba kunlari to’garakga ishtirok etadilar.

2.  Yotoqxonada, ijarada, qarindosh – urug‘inikida turuvchi talabalar yashash sharoitlari o‘rganib chiqildi. Guruh talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv tashkil qilindi va suhbat olib borildi.

3.   60110800-kimyo yo‘nalishi talabalarining milliy  hamda xalqaro sertifikat olishga yo‘naltirilgan to‘garaklariga jalb qilish ishlari muntazam olib borilyapti.

4.   Guruh bilan ishlash bo‘yicha tuzilgan oylik yo‘l xaritalaridagi vazifalar o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda.

5.    Ma’naviy-marifiy va yoshlar bilan ishlash sohasida esa 2024-2025 o‘quv yili mobaynida “Besh tashabbus” doirasida 2 ta tadbir, TTJ da bir necha bor talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida yig’ilishlar uyushtirdi.