shape
shape

ISMATULLOYEV ABDULLO NASRULLOYEVICH

team image

ISMATULLOYEV ABDULLO NASRULLOYEVICH

Assistent

Ismatulloyev Abdullo Nasrulloyevich 1994-yilda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tavallud topgan. 2019-yilda Buxoro davlat universitetining Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishini tamomlagan bo‘lsa, 2023-yilda mazkur yo‘nalish bo‘yicha magistratura bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan. U o‘z mehnat faoliyatini 2019-yilda Buxoro shahridagi 10-sonli umumta’lim maktabida boshlagan. Keyinchalik Buxoro davlat tibbiyot institutida pedagogik faoliyat olib borgan. 2025-yildan boshlab Buxoro davlat pedagogika instituti Psixologiya kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritib, ta’lim va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanib kelmoqda. Ismatulloyev Abdullo Nasrulloyevich ilmiy faoliyati davomida 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar hamda 1 ta monografiya muallifi sifatida e’tirof etiladi. U umumiy va eksperimental psixologiya fanlaridan dars berish bilan birga, yoshlarning psixologik rivojlanishi, o‘quv motivatsiyasi va shaxsiy omillarni tadqiq etishga alohida e’tibor qaratmoqda. Shuningdek, u “Talabalar o‘quv motivi va muvaffaqiyatiga lokus nazoratning psixologik ta’siri” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgan. Uning ilmiy izlanishlari shaxs psixologiyasi, ta’lim psixologiyasi hamda eksperimental tadqiqot metodologiyasining dolzarb masalalarini qamrab oladi.

Telefon raqam:
+998907116605
ORCID:
https://orcid.org/0009-0003-9487-1770
Google scholar:
Google scholar

psixologiya

Ilmiy daraja: Fan nomzodi, PhD

Umumiy psixologiya, Eksperimental psixologiya.