Assistent
Baxshullayeva Gulruh Vaxobiddin qizi-1992-yilda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tavallud topgan. Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi 1-umumta'lim maktabini a'lo baholarda tamomlagan. Buxoro davlat universitetida bakalavr (biologiya), magistratura (biologiya (fan yo'nalishlari bo'yicha)) ni o'qib tugatgan. Mehnat faoliyatini 2018-2021 yy. -Buxoro shahar 9-umumta'lim maktabi yoshlar yetakchisi va biologiya fani o'qituvchisi, 2021-2023 yy. -Buxoro davlat universiteti magistranti, 2025y-x y. -Buxoro davlat pedagogika instituti Biologiya kafedrasi o'qituvchisi. Mehnat faoliyati davomida Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning fiziologik asoslari, Qishloq xo'jaligining biologik asoslari, Umumiy mikrobiologiya, Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari, Biokimyo, Zoogeografiya, Odam anatomiyasi va fiziologiyasi va boshqa bir qator fanlardan ma'ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarini olib borgan. O'qitilayotgan o'quv fanlari bo'yicha o'quv dasturlari va o'quv uslubiy majmualar, silabuslar yaratgan.
Biologiya
Biotexnologiya, Qishloq xo'jaligining biologik asoslari, Odam va hayvon fiziologiyasi, Immunologiya
OTM o‘qituvchisining lavozim vazifalari
1. Umumiy qoidalar
OTM o‘qituvchisi oliy ta’lim muassasasining Ustavi, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq faoliyat olib boradi.
2. O‘quv-uslubiy faoliyat
• Fan bo‘yicha o‘quv reja, fan dasturi (sillabus) va kalendar-tematik reja asosida dars mashg‘ulotlarini olib borish;
• Ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini sifatli va zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘tkazish;
• Talabalarning bilimini joriy, oraliq va yakuniy nazorat orqali baholash;
• Fan bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua (ma’ruza matnlari, taqdimotlar, testlar, topshiriqlar)ni ishlab chiqish va yangilab borish.
3. Ilmiy-tadqiqot faoliyati
• Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va natijalarini ilmiy maqolalar, tezislar ko‘rinishida chop etish;
• Ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminar va forumlarda ishtirok etish;
• Iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, ularning ilmiy ishlariga rahbarlik qilish;
• Ilmiy grant va loyihalarda ishtirok etish.
4. Tarbiyaviy ishlar
• Talabalarda kasbiy madaniyat, akademik halollik, mas’uliyat va intizomni shakllantirish;
• Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;
• Talabalar bilan individual ishlash, maslahatlar berish.
5. Tashkiliy va hujjat yuritish faoliyati
• O‘quv mashg‘ulotlariga oid hujjatlarni (elektron jurnal, reyting qaydnomalari va boshqalar) belgilangan tartibda yuritish;
• Kafedra, fakultet va OTM miqyosidagi yig‘ilishlarda ishtirok etish;
• Rahbariyat topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish.
6. Kasbiy rivojlanish
• Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida belgilangan muddatlarda qatnashish;
• Zamonaviy ta’lim texnologiyalari, AKT va xorijiy tajribalarni o‘zlashtirib borish.
7. Mas’uliyat
OTM o‘qituvchisi o‘z lavozim vazifalarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.