- Institutdagi barcha ma’naviyat va ma’rifat ishlari bilan shug‘ullanadigan bo‘linmalarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- Institutdagi jamoat tashkilotlari (professor-o‘qituvchilar va xodimlar kasaba uyushmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, Xotin-qizlar kengashi, fakultetlar, kafedralar qoshida ochilgan klublar va h.k.) faoliyatini muvofiqlashtirib turadi;
- Institut «Ma’naviyat va ma’rifat» bo‘limining nizomiga asosan ish yuritadi;
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha qabul qilingan hujjatlari va ko‘rsatmalarini institut jamoasiga o‘z vaqtida yetkazish va ulardagi vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi.
- «Ma’naviyat va ma’rifat» bo‘limi institutda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga, institutda chiqariladigan devoriy gazetalarning, o‘tkazilayotgan tadbirlarning mazmuni va sifatiga, bu ishlarni amalga oshirayotgan bo‘linma bilan bir darajada javobgar bo‘ladi;
- Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi to‘garak va klublar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- Institutda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tegishli bo‘linmalar o‘rtasida taqsimlaydi;
- Fakultetlarning dekan muovinlari bevosita «yoshlar bilan ishlash Ma’naviyat va ma’rifat» bo‘limi bilan ish olib boradi; Fakultet dekanlari faoliyatida kamchilik va xatoliklarga yo‘l qo‘yganda institut rahbariyatiga intizomiy chora ko‘rish bo‘yicha taklif kiritadi;
- Fakultet tyutorlari faoliyatiga uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi, faoliyatini o‘rganadi, fakultet dekani bilan kelishgan holda lavozim vazifalariga rioya qilmayotgan tyutorlarga nisbatan intizomiy chora ko‘rish bo‘yicha taklif kiritadi.
- Institut talabalarini vatanparvarlik, milliy istiqlol g‘oyasi bilan chuqur qurollangan, hozirgi zamon talablariga javob beradigan mutaxassislik bilimlariga ega, jismonan va ma’naviy kuchli insonni tarbiyalashda ilmiy-amaliy seminar, konferensiyalarni tashkil qiladi;
- Bo‘lim xodimlariga mehnat vazifalarini taqsimlaydi va bajarilishini nazorat qiladi, jamoa orasida tartib va intizomni saqlashni ta’minlaydi, lozim bo‘lganda talab etishni yo‘lga qo‘yadi;
- Talabalar turar joyida ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy sohaga ta’lluqli ishlarni nazorat qiladi;
- Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari faoliyatiga, xususan ularning ma’naviy-axloqiy tarbiya borasida olib borayotgan ishlarini nazorat qiladi;
- Sport-sog‘lomlashtirish va madaniy dam olish tadbirlarining amalga oshirilishini nazorat qiladi;
- Kutubxona ma’naviy-ma’rifiy hayotini nazorat qiladi;
- Tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
- Milliy bayram va turli tadbirlarni o‘tkazishda barcha professor- o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarning faol ishtirokini ta’minlaydi hamda bu vazifani fakultet va bo‘linma rahbarlaridan talab qiladi;
- Dekanatlar, kafedralar va murabbiylar tomonidan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning bajarilishini nazorat qiladi;
- «Ma’naviyat» kunlari, «Axborot soat»lari, ma’naviy tadbirlar, tarbiyaviy mavzularda ilmiy anjumanlar o‘tkazishni tashkillashtiradi;
- Har oyda bir marta Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha I- prorektor yozma hisobot beradi;
- Institut ommaviy tadbirlarida, hashar va obodonchilik ishlarida institut jamoasi va talabalarning keng ishtirokini ta’minlaydi.
- Bo‘lim xodimlarining lavozim vazifalari buyicha topshiriklarni bajarish natijalariga ko‘ra ularni rag‘batlantirish yoki intizomiy chora ko‘rish xakida institut raxbariyatga o‘rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritadi;
- Bo‘lim xodimlari ishga kelmaganda, kasal bo‘lganda, tug‘ruq ta’tili yoki o‘z hisobidan ta’til olmoqchi bo‘lganda o‘sha zahotiyoq institut rektori nomiga bildirishnoma yozib, xodimlar bo‘limini ogohlantiradi;
Institutning Ustavi, ichki tartib qoidalari, odob axlok kodeksi, ijro intizomi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari (topshiriqlari), ta’lim tizimiga doir hujjatlar, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etadi