Kafedra mudiri
Ibragimov Manuchexr Baxtiyorovich 1987 yil Buxoro shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1993-2004 yillarda Buxoro shahridagi 22-sonli maktabida tahsil olgan. Sport sohasiga kuchli qiziqishi tufayli 2000 yildan boshlab Buxoro shahar 3-son ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zahirasidagi futbol maktabida sport bilan shug‘ullangan. 2003 yilda o‘z tengdoshlari orasida o‘tkazilgan respublika musobaqasida 1-o‘rinni egallagan. Bir necha marotaba viloyat musobaqasida g‘olib bo‘lib, faxrli o‘rinlarni egallagan. 2004-2007 yillarda “Nurafshon”, “Sitora”, “Quruvchi” jamoasida o‘ynagan. 2007 yil talabalarning “Universiada-2007” futbol sport musobaqasida qatnashgan.
2005 yilda Buxoro davlat universitetining Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. 2009 yil Jismoniy madaniyat yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tugatgan.
2009 yil Buxoro davlat universiteti stipendianti bo‘lgan. 2009 yil Buxoro davlat universitetining “Pedagogika” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturaga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. Ushbu yo‘nalishni 2011 yil aʼlo baholarda tugatgan.
2009-2011 yillar oralig‘ida “Boshlang‘ich taʼlimda jismoniy tarbiya samaradorligini oshirishning ilmiy pedagogik asoslari” mavzusida magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Manuchexr Ibragimov “Universiada-2010” musobaqasiga universitet talabalarini tashkillashtirib, universitet futbol jamoasiga murabbiylik qildi va Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada qatnashdi. 2010-yil futbol bo‘yicha sport ustaligiga nomzod darajasini qo‘lga kiritdi.
2014 yil Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda respublika “Isteʼdod” jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi darsligi va oʼquv adabiyoti muallifi” respublika tanlovida qatnashib, “Futbol madaniyati” o‘quv qo‘llanmasi bilan 1-o‘rinni egallagan.
2018 yil 29-31 may kunlari Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan Respublika “Talabalar sport haftaligi” mini futbol musobaqalarida qizlar jamoasi bilan qatnashib, faxrli 1-o‘rinni egallashga sazovor bo‘lgan. “Universiada-2019” respublika hududiy saralash musobaqasiga, universitet futbol jamoasiga murabbiylik qilib, hududiy bosqichida g‘olib bo‘lgan.
2011-2019 yillarda Buxoro davlat universitetiga o‘qituvchi sifatida ishlagan.
2019-2021 yillarda 13.00.04 - Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va mеtodikasi mutaxassisligi bo‘yicha tayanch doktoranti.
2023 yil Manuchexr Ibragimov “Yuqori malakali futbolchi ayollarni yillik tayyorgarlik siklda mashgʻulot yuklamalarini rеjalashtirishning pеdagogik jihatlari” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.
2023-2024 yillarda Buxoro davlat universiteti Jismoniy tarbiya va sport faoliyati fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari. Shu yilni o‘zida Dotsent unvonini olgan.
2024-2025 yillarda Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari.
2025 yildan Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri.
Аyni paytda uning 7 ta darsligi, 4 ta o‘quv qo‘llanmasi, 5 ta uslubiy qo‘llanmasi, 150 dan ortiq ilmiy maqola hamda tezislari nashr etilgan. Nashr etilgan adabiyotlar sarasida “Futbol madaniyati”, “Futbol tibbiyoti”, “Jismoniy madaniyat va sport”, “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi (Futbol)”, “Futbol va uni o‘qitish metodikasi kabi darslik hamda o‘quv qo‘llanmalarni aytish mumkin.
Jismoniy tarbiya
Ilmiy daraja: Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvon: Dotsent
Futbol va uni o’qitish metodikasi
Kafedra mudiri lavozim vazifalari:
Kafedrani boshqarish bo‘yicha:
Kafedra mudirining shaxsiy rejasi fakultet dekani bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasasining o‘quv ishlari buyicha prorektori tomonidan tasdiqlanadi.
kadrlar tayyorlash tizimi va ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha ta’lim xizmatlari bozori va mehnat bozorini tahlil etishni amalga oshiradi;
kafedra professor-o‘qituvchilarining oliy ta’lim muassasasi kafedralari, fakultetlari bilan, shuningdek, xalkaro hamkorlik faoliyatlarini tashkil etadi;
oliy ta’lim Davlat ta’lim standartini amalga oshirishni ta’minlaydi;
kafedra faoliyati muhokama kilinadigan oliy ta’lim muassasasi bo‘linmalari ishlarida qatnashadi;
kafedra ishlari rejasi, kafedraning professor-o‘qituvchilari va boshqa xodimlari shaxsiy rejasini imzolaydi hamda oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga tasdiqqa kiritadi.
kafedra majlislarida kafedraning o‘quv, o‘kuv-uslubiy, ilmiy, tarbiyaviy va tashkiliy- uslubiy ishlar rejasining bajarilishini va kafedra faoliyatining boshqa masalalarini muhokama kiladi;
kafedra pedagog-xodimlariga o‘quv yuklamalarini imzolaydi hamda oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga tasdiqqa kiritadi va ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;
kafedra professor-o‘qituvchilarining darslariga kiradi va ularni kafedra majlislarida muhokama kilishni tashkillashtiradi;
tanlovga tushgan barcha xujjatlarni "Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul kilish tartibi to‘g‘risidagi nizom" talablariga muvofiq ko‘rib chikilishi va natijalarini oliy ta’lim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashiga yuborilishini ta’minlaydi;
kafedra professor-o‘qituvchilarining malaka oshirishini rejalashtiradi;
kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha o‘kuv va ilmiy-uslubiy jarayonlarni tashkil etish maksadida oliy ta’lim muassasasi bo‘linmalarlari bilan hamkorlikda tegishli choralarni belgilaydi:
o‘kuv semestri va o‘kuv yili yakunlari bo‘yicha tegishli hujjatlar va hisobotlarni tayyorlaydi, tegishligi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi rahbariyatga takdim etadi va ularning nusxalarini kafedrada saqlanishini ta’minlaydi;
kafedraga tegishli o‘quv xonalari va laboratoriyalarda mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha qoidalarning talabalar, kafedra professor- o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan bajarilishini nazorat kiladi;
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha namunaviy o‘kuv rejasi va dasturiga muvofiq ishchi o‘kuv reja va dasturlarni tuzadi;
kafedraga tegishli magistratura talabalarining kalendar ish rejalari tayyorlanishini nazorat qiladi;
kafedra professor-o‘qituvchilari o‘qitadigan fanlari bo‘yicha darslik, o‘kuv ko‘llanma, uslubiy ko‘rsatma va boshka o‘kuv materiallarni ishlab chiqilishini tashkil etadi va bu jarayonga bevosita ishtirok qiladi;
O‘kuv jarayoniga yangi pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni tatbiq etilishini ta’minlaydi;
professor-o‘qituvchilarning o‘zaro darslarga kirib tahlil qilishni ta’minlaydi va o‘zi muntazam (ixtiyoriy) ravishda o‘kuv mashg‘ulotlari va nazorat ishlarida ishtirok etadi;
ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash orkali o‘kuv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantiradi va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbik etilishini ta’minlaydi;
kafedragi mavjud soatlar yuzasidan paydo bo‘lgan vakantlar to‘g‘risida o‘quv- uslubiy boshqarma hamda xodimlar bo‘limiga kamida 5 kun oldin ma’lumot taqdim etadi hamda professor-o‘qituvchilarni saralash hamda tanlashda institutning belgilangan tartibida amalga oshiriladi;
Kafedra professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini ishga o‘z vaqtida kelib-ketishini nazorat qiladi, ishga kelmaganda, kasal bo‘lganda, tug‘ruq ta’tili yoki o‘z hisobidan ta’til olmoqchi bo‘lganda o‘sha zahotiyoq institut rektori nomiga bildirishnoma yozib, xodimlar bo‘limini ogohlantiradi hamda qoldirilgan darslarni boshqa o‘qituvchilar tomonidan olib borilishi bo‘yicha rahbariyatga taklif kiritadi;
Kafedra professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini ilmiy va o‘quv jarayonlarini samarali tashkil qilishdagi munosib hissasi, institutning mehnat jamoasidagi o‘rni va faolligini inobatga olib, ularni rag‘batlantirish yoki institutning ichki tartib qoidalari, odob-ahlok kodeksi va lavozim majburiyatlariga rioya qilmaganlarga intizomiy chora ko‘rish xakida institut raxbariyatga o‘rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritadi;
Institutning Ustavi, ichki tartib qoidalari, odob axlok kodeksi, ijro intizomi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari (topshiriqlari), ta’lim tizimiga doir hujjatlar, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etadi;
Professor-o‘qituvchilarni kelib-ketishi bo‘yicha kafedra tabelini yuritadi hamda belgilangan tartibda xodimlar bo‘limiga taqdim qiladi.
O‘slubiy ishlar buyicha:
talabalarni yuqori ilmiy-uslubiy darajada o‘qitadi, ular bilimini baholashning samarali usullarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
har semestrda kamida bir marta ochiq ma’ruzalar o‘tadi;
talabalarda kelgusidagi kasbiy faoliyatlarini samarali tashkil etish asoslarini shakllantiradi;
dars beradigan fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va nazorat kilishni amalga oshiradi;
talabalarning mustaqil ishlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, talabalar ilmiy jamiyati ishlarini tashkil etadi, rejalashtiradi va rahbarlik kiladi, o‘rta maxsus, kasb-xunar va umumiy o‘rta ta’lim o‘kuvchilari o‘rtasida kasbiy yo‘naltirish ishlarini olib boradi;
kafedra professor-o‘qituvchilarining malakalarini oshirishlarida faol ishtirok etadi, ularga pedagogik mahorat va ko‘nikmalarni shakllantirishda uslubiy yordam ko‘rsatadi; ilm-fan, ta’lim va ishlab chikarish integratsiyasini amalga oshirishda ishtirok etadi.
belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati buyicha kafedra hisobotini tayyorlaydi, Ilmiy kengash majlislarida hisobot beradi;
Ilmiy ishlar buyicha:
kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalarini tasdiqlaydi va bajarilishini talab qiladi;
innovatsion ta’lim loyihalarini boshqaradi;
talab darajasidagi ilmiy maktab va yo‘nalishni tashkil etadi, mustakil tadkikotchi izlanuvchilarga, tayanch doktorant va doktorantlarga kafedra tomonidan ilmiy sohada kerakli bo‘lgan masalalar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatadi;
ilmiy-tadkikot ishlarini tashkil etib, natijalarini o‘kuv jarayoniga olib kiradi; turli tarmoq muassasa va tashkilotlari, xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni kengaytirishda samarali takliflar ishlab chiqadi;
maxsus, ekspert, texnik va ilmiy uslubiy kengash, ilmiy-pedagogik va kasbiy jamoa (assotsiatsiya) ishlarida ishtirok etadi;
ilmiy va o‘kuv-uslubiy ishlar natijalarining nashr etishni tashkiliy masalalari, jumladan kafedrada muhokama etish, nashrga tavsiya etish, tashqi ekspertizadan va shu kabilarni tashkil etadi.
Kafedra huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda tegishli soha bo‘yicha muammolarni ilmiy yechimini topishda takliflarni ishlab chiqadi;
Tarbiyaviy ishlar buyicha:
oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadi;
talabalar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil qiladi va tadbirlarda ishtirok etadi.